EChL. "Real" safardan qiyin g`alaba bilan uyiga qaytdi

08:53, 23 noyabr

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida “Real Madrid” safarda   “Sporting” mehmoni bo`ldi. Unda madridliklar 2:1 hisobida g`alaba qozondi.

Birinchi bo`limning 29-daqiqasida Rafael Varan hisobni ochdi. Ikkinchi bo`limning 80-daqiqasida Adrien Silva penaltidan hisobni tenglashtirishga erishdi.

O`yin yakuniga etib borayotgan bir vaqtda, ya`ni, 87-daqiqada  Karim Benzema raqib darvozasiga ikkinchi to`pni kiritib, "Real"ga g`alabani taqdim etdi.

"Sporting" – "Real Madrid" 1:2 (0:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 29 Varan, 1:1 – 80, penalti Adrien Silva, 1:2 – 87 Benzema.

"Sporting" – Ruy Patrisiu, Joau Pereyra, Koates, Ruben Semedu, Zegelar, Vilyam Karvalyu, Jelson Martinsh, Bruno Sezar (Kempbell, 62), Adrien Silva, Ruis (Skelotto, 67), Dost (Andre, 77).

"Real Madrid" – Navas, Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo (Koentrau, 71), Modrich, Kovachich, Vaskes, Isko (Benzema, 67), Beyl (Asensio, 58), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Marselo (40), Ruis (57), Kovachich (64), Kempbell (90), Andre (90).

Chetlatish: Joau Pereyra (64).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!