EChL. Angliya chempioni navbatdagi muvaffaqiyatga erishdi

10:02, 23 noyabr

Evropa chempionlar ligasi 5-turida Angliyaning amaldagi chempioni Belgiyaning "Bryugge" klubiga qarshi bahs olib bordi. 

Qiziqarli tarzda o`tgan o`yinda "Lester" 2:1 hisobida zafar quchdi. G`oliblar safida gollarga Okazaki va Marez mualliflik qilishdi. "Bryugge" safida Iskerdo bitta javob to`pini kiritdi. 

Mazkur g`alabadan keyin "Lester" EChLning nimchorak finaliga yo`l oldi. 

"Lester" (Angliya) – "Bryugge" (Belgiya) 2:1 (2:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 5 Okazaki, 2:0 – 30, penalti Marez, 2:1 – 52 Iskerdo.

"Lester" – Siler, Simpson, Morgan, Xut, Fuks, Marez (Shlupp, 68), Drinkuoter, King, O`lbrayton (Amarti, 78), Vardi, Okazaki (Grey, 68).

"Bryugge" – Byutel, Mexele, Pulen, Simons, Kols, Pina (Limbombe, 61), Klaudemir (Uesli, 84), De Bok (van Reyn, 71), Vossen, Iskerdo, Vanaken.

Ogohlantirish: Siler (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!