EChL, "Borussiya D" o`z davrozasidan 4 ta gol o`tkazib ham yirik g`alabaga erishdi

10:21, 23 noyabr

Evropa chempionlari ligasi guruh bosqichi 5-turida "Borussiya Dortmund" o`z maydonida "Legiya Varshava" bilan kuch sinashdi. 

Mazkur o`yinda muxlislar naqd 12 ta gol ko`rishdi. Shulardan 8 tasini "Borussiya D" vakillari, 4 tasini "Legiya" futbolchilari kiritishdi. 

Ushbu o`yin EChL tarixidagi eng sermahsul o`yin sifatida qayd etildi. 

"Borussiya D" (Germaniya) – "Legiya" (Polsha) 8:4 (5:2, 3:2)

Gollar: 0:1 – 10 Priyovich, 1:1 – 17 Kagava, 2:1 – 18 Kagava, 3:1 – 20 Shaxin, 3:2 – 24 Priyovich, 4:2 – 29 Dembele, 5:2 – 32 Roys, 6:2 – 52 Roys, 6:3 – 57 Kuxarchik, 7:3 – 81 Passlak, 7:4 – 83 Nikolich, 8:4 – 90 Roys.

"Borussiya D" – Vaydenfeller, Rode, Ginter, Bartra (Durm, 62), Passlak, Kastro, Shaxin (Obameyang, 70), Dembele (Shyurrle, 72), Kagava, Pulishich, Roys.

"Legiya" – Chejnyak, Bereshinski, Chervinski, Pazdan, Jeznichak, Gilerme (Yodloves, 55), Kopchinski, Kuxarchik, Ojija-Ofoe (Nikolich, 75), Radovich, Priyovich (Veteska, 69).

Ogohlantirishlar: Ojija-Ofoe (61), Pazdan (63), Ginter (88).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!