Nilufar Usmonova turmush o`rtog`iga bag`ishlangan taronaga klip suratga oldi

10:27, 23 noyabr

Xonanda Nilufar Usmonova tez kunda “Kel ikkimiz” deb nomlangan yangi qo`shiq va klipni muxlislar hukmiga havola etadi.

“Yangisidan qachon eshitamiz, deb berilayotgan savollarga javob”, deb yozadi Nilufar. 

Xonandaning matbuot kotibi bergan ma`lumotlarga ko`ra, ushbu tarona xonandaning turmush o`rtog`iga atalgan bo`lib, u 2 yil oldin ularning turmushlariga 10 yil to`lishi munosabati bilan sovg`a tarzida yaratilgan. Oradan 2 yil o`tib, Nilufar ushbu taronani klip bilan premera qilishga qaror qildi. 

Klip rejissyor Yolqin To`ychiev tomonidan suratga olingan bo`lib, undagi bosh rollarni Shahzoda Matchonova, Shahlo Temirova hamda Sarvar Isaevlar ijro etishgan.














Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!