Yong`oqli non - bir xillikdan zerikkan bo`lsangiz...

10:32, 23 noyabr

Zarur masalliqlar (10 kishilik): 225 gr. un, 100 grammdan quritilgan o`rik, anjir, xurmo, maydalangan yong`oq va yong`oq, 125 gr. sariyog`, 2 dona tuxum, 1 ta banan, 1 paket yumshatgich (razrxlitel), dolchin, shakarli sirop.

Tayyorlanishi: 1. Quritilgan mevalarni maydalab, bananni to`rtburchak shaklda to`g`rang. Maydalangan yong`oqning yarmidan ko`prog`ini quruq tovada qovuring.

2. Sariyog`ni xona haroratida yumshatib, shakar va asal aralashtirib, yaxshilab ko`pirtiring. Keyin un, yumshatgich, dolchin, quritilgan mevalar, qovurilgan yong`oq va bananni ham qo`shing.

3. Uzunchoq qolipga qog`oz salfetka qo`yib, ustidan xamirni soling-da, maydalangan yong`oq seping. Keyin 160 darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soatga qo`ying. Pishgach yuziga shakarli sirop surtishingiz mumkin.

Tayyorlanishi: 1 soatu 20 daqiqa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!