Igor Sergeevning Xitoydagi safari qaridi

10:36, 23 noyabr

Shu yilning iyul oyida Xitoyning “Beyjing Goan” klubi o`z tarkibiga O`zbekiston Milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeevni qo`shib olgan edi.

“Sports.uz” nashrining ma`lum qilishicha, shartnomaga ko`ra Sergeev klub safida 6 oylik muddatda ijara asosida to`p surishi, agar jamoada yaxshi o`yin ko`rsata olsa qo`shimcha shartnoma taklif etilishi kerak edi.

Biroq o`z debyutini “Tyanjin Teda”ga qarshi 14 daqiqalik o`yini (0 – 0) bilan boshlagan hujumchining Xitoydagi faoliyati juda omadsiz o`tdi. Umumiy hisobda 14 marotaba (7 marotaba asosiy tarkibda) “Beyjing Goan” safida maydonga tushgan Sergeev 700 daqiqa maydonda to`p surdi va atigi 1 marotaba gol urdi xolos. U ham bo`lsa, hamyurtimiz Anzur Ismoilov (himoyachi!) to`p suradigan “Changchung Yatay” jamoasiga qarshi o`yinda kiritilgan edi.

Xabarda ta`kidlanishicha, “Beyjing Goan” futbolchi bilan shartnoma tuzishni istamagan va futbolchi “Paxtakor” klubida faoliyatini davom etirishi mumkin. Amaldagi shartnoma shu yil 31 dekabrda o`z yakuniga etadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!