Toshkentlik fuqaro birovning Matiz`ini olib qochishga urindi

10:55, 23 noyabr

Toshkent shahar Yashnobod tumani IIB navbatchilik qismiga Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o`zining “Matiz” rusumli avtomobilini noma`lum shaxs olib qochib ketgani haqida xabar qilgan

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Tolariq ko`chasida joylashgan "Yangiobod ixtisoslashtirilgan bozori" oldidagi avtomashinalar turargohidan olib qochib ketilganligi ma`lum bo`lgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.  

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Jarqo`rg`on ko`chasida to`xtatildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Shayxontohur tumanida yashovchi 54 yoshli fuqaro bo`lib chiqdi. Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!