Olimlar: Og`ir,vazmin ayollar urushqoq ayollarga qaraganda kamroq maosh oladi

11:04, 23 noyabr

Isroil va Niderlandiyalik olimlar og`ir, vazmin fe`l atvorga ega bo`lgan ayollar o`zlarining urushqoq hamkasblariga qaraganda kamroq maosh oladi. Mazkur tadqiqot The European Journal of Work and Organizational Psychology jurnalida chop etildi, deb yozadi “Vesti”. 

Mazkur qarorga kelishdan avval olimlar Niderlandiyadagi firmalardan birida ishlovchi 1500 nafar ayollar o`rtasida so`rovnoma o`tkazdi. 

Ma`lum bo`lishicha, og`ir, bosiq ayollar ko`pincha o`zlari olayotgan maoshdan ko`ngli to`ladi. Ayollardagi “vazminlik” darajasi esa maxsus ishlab chiqilgan so`rovnoma yordamida aniqlandi. 

Xayfa universiteti doktori Maykl Bayronning fikriga ko`ra, bunday ayollar ishiga olayotgan maoshi miqdoridan ko`ra ko`proq mehr beradi. 

Xuddi shunday tendensiya erkaklarda ham mavjud: og`ir, bosiq erkaklar ham kamroq maosh oladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!