Xushta`m ragu - yangicha ovqat

11:33, 23 noyabr

Zarur masalliqlar: 500 gr. go`sht, 300 gr. qovoq, 250 ml. sho`rva (kubiklardan foydalansangiz bo`ladi),  2 ta kartoshka, 2 bosh piyoz, 2 bo`lak sarimsoq piyoz, 1 ta sariq bulg`or qalampiri, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Go`shtni to`rtburchak shaklda to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring. Piyoz va sarimsoq piyozni maydalab to`g`rab, qovurilayotgan go`shtga qo`shing.

2. Bulg`or qalampiri, kartoshka va qovoqni to`rtburchak shaklda to`g`rang. Ularni ham qozonga solib, qovurishda davom eting. 15 daqiqadan keyin qaynatilgan sho`rvani solib, tuz, murch seping-da, 50 daqiqa past olovda dimlang.

Tayyorlanish vaqti: 80 daqiqa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!