Shaxta bosib qolgan shaxtyor 17 yildan keyin tirik topildi

11:39, 23 noyabr

Bundan 17 yil muqaddam Xitoyning g`arbida sodir bo`lgan Rixter shkalasi bo`yicha 7,8 balli zilzila oqibatida shaxta buzilib, uning vayronalari tagida 118 nafar shaxtyor qolib ketgandi, deb xabar beradi “Nonbox.ru” nashri.

Shaxta o`shandan keyin yopib qo`yilgan edi. Yaqinda qaytadan ishga tushirilganda, u erdan bundan 17 yil ilgari zilzila oqibatida qolib ketgan shaxtyor qutqarildi. U 17 yil davomida ajal komidan tirik chiqish uchun kurashgan.

Bu 59 yoshli Chung Vai ismli shaxtyordir. Uning ahvoli juda og`ir. Chung Vai kasalxonaga yotqizildi, hozirda vrachlar uning jismoniy va ruhiy holatini kuzatishmoqda. Shaxtyorning uzoq yillar mobaynida tirik qolishiga ventilyasion tuynuk orqali havo kirgani va shaxtada oziq-ovqat mahsulotlari borligi sabab bo`lgan. Ammo shunga qaramay, u kalamush va sichqonlar bilan oziqlanishga majbur bo`lgan.

Favqulodda vaziyatlarda insonning bunday uzoq vaqt davomida tirik qolishi juda kam uchraydigan hodisadir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!