Erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov Nyu-Yorkdagi xalqaro turnirda kumush medalga ega bo`ldi

11:51, 23 noyabr

AQShning Nyu-York shahrida sport kurashlari bo`yicha an`anaviy xalqaro xotira turniri bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi matbuot xizmati xabariga tayanib, “Olamsport” ma`lum qildi.

Ushbu nufuzli musobaqada O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Bekzod Abdurahmonov ham ishtirok etdi. Erkin kurash bahslarining 74 kg vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz yakunda kumush medal sovrindori bo`ldi. Abduraxmanov finalga qadar mag`lubiyatsiz etib bordi.

Bekzod oltin medal uchun kechgan bahsda amerikalik Aleks Dieringerga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Bronza medali yana bir mezbon kurashchi Mett Braunga nasib etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!