Poygachi avtomobilni ag`darib, musobaqa g`olibi bo`ldi!(Video)

12:20, 23 noyabr

Makaoda o`tkazilgan navbatdagi, avtopoygachilarning FIA GT World Cup chempionatida g`alati voqea ro`y berdi, poygachi boshqaruvni yo`qotib, avtomobilni ag`dardi... va g`olib deb e`lon qilindi, deya xabar beradi “Nonbox.ru” nashri. 

Belgiyalik poygachi Lorens Vantxor o`zining Audi R8 LMS avtomobilida soatiga 250 kilometr tezlikda uchib kelayotganda, avtomobil boshqaruvini yo`qotib, mashina to`siqqa urildi. Avtomobil tomoshabinlar ko`z o`ngida havoga uchib, erga ag`darildi. Yaxshiyamki, poygacha jiddiy jarohatlanmadi, uning o`zi mustaqil ravishda mashinadan chiqdi.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan chempionat ma`muriyati zudlik bilan musobaqani to`xtatdi va vaqt chegaralangani bois, uni tugatishga qaror qildi. G`oliblar e`lon qilinayotganda esa ilgarigi natijalarga asoslanib, belgiyalik Lorens Vantxor g`olib deb topildi. Mash`um avtofalokat uning g`alabani qo`lga kiritishiga monelik qilolmadi, balki poygada yutib chiqish huquqini hadya etdi!

Musobaqa so`ngida poygachi jurnalistlarga bergan intervyusida avtomobil ag`darilganda haqiqatan ham qo`rqib ketganligini va bo`lib o`tgan voqeadan keyin o`zining g`olib deb tan olinishi g`alati tuyulayotganini ma`lum qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!