"Real" "Barselona" bilan o`yin oldidan muhim futbolchisidan ayrildi

21:46, 23 noyabr

Madridning “Real” jamoasi forvardi Garet Beyl “Barselona”ga qarshi La Liga 14-turida maydonga tusha olmasligi mumkin, deya xabar bermoqda Sky Sports portali.

27 yoshli futbolchi “Sporting” klubiga qarshi (2:1) EChL 5-tur o`yinining 58-daqiqasida maydonni tark etgandi. Uchrashuvdan so`ng uelslik futbolchining o`ng oyog`i shikastlangani aniqlandi. U operasiya qilinishi ham mumkin. 

Garet Beylning safga qaytish muddati noma`lum. Shu sababli, katta ehtimol bilan u 4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan “El-Klasiko”ni o`tkazib yuboradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!