EChL. “Barselona”da ishonchli g`alaba, “Manchester Siti” ochko yo`qotdi

08:57, 24 noyabr

Evropa Chempionlar ligasi “S” guruhi 5-turida “Barselona” safarda “Seltik” mehmoni bo`ldi.

Murosasiz kechgan o`yinda kataloniyaliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Har ikki golga “Barselona” etakchisi Lionel Messi 24 va 55-daqiqalarda mualliflik qildi.

Mazkur guruhning ikkinchi o`yinida "Manchester Siti" safarda "Borussiya M" bilan kuch sinashib, 1:1 hisobida durang o`ynadi. 

EChL. “S” guruhi, 5-tur

Seltik – Barselona 0:2
Gollar: Messi, 24, 55
Seltik: Gordon – Lyustig, Shimunovich, Svyatchenko, Izagirre – Armstrong, Braun, MakGregor (Roberts, 72), Rogich (Bitton, 64), Sinkler (Forrest, 46) – Dembele.
Barselona: Ter Shtegen – Serxi Roberto, Pike (Marlon, 72), Maskerano, Alba (Din, 65) – Rakitich, Buskets, Andre Gomesh – Messi, Suares, Neymar (Turan, 77).
Ogohlantirishlar: Svyatchenko, 23, Lyustig, 71, Armstrong, 87 – Alba, 42, Neymar, 71, Rakitich, 89.

Borussiya M – Manchester Siti 1:1
Gollar: Raffael, 23 – Silva, 45+1
Borussiya M: Zommer – Elvedi, Kristensen, Yanchke, Vendt – Daxud (Vestergor, 60), Shtrobl – Traore (Xofmann, 41), Shtindl, Jonson – Raffael (Xan, 84).
Manchester Siti: Bravo – Otamendi, Stounz, Kolarov – Fernandino, De Bryuyne, Gyundogan, Silva – Navas, Aguero, Sterling (Sanya, 68).
Ogohlantirishlar: Shtindl, Daxud, Yanchke, Raffael – Fernandino.
Chetlatishlar: Shtindl, 51 – Fernandino, 63.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!