Sovuqdan saqlanishning 5 usuli

09:42, 24 noyabr

Sovuq havoda sanoqli daqiqalarni ham o`tkazish qiyin. Agar issiqqina uyingizga etguningizcha sovuqdan titray boshlaganingizni sezsangiz, ko`p kuyunmang. Isinib olishning bir nechta yo`llari bor. Bir vaqtning o`zida shamollashning ham oldini olish mumkin.

1. Bir tekis nafas oling

Ohista nafas oling, lekin juda ham chuqur bo`lmasin. Bu asab tizimini tinchlantiradi va organizmning sovuqqa moslashishini osonlashtiradi. Ammo qadamingizni tezlating.

2. Sharob qabul qiling, ichib emas

Agar ko`chadan sovuq qotib kelgan bo`lsangiz, odatiy xatoni takrorlamang - spirtli ichimlik ichmang. Birinchidan, u miyaning diqqatini susaytirib, badanni bo`shashtiradi. Ikkinchidan, shu kuni yana ko`chaga chiqishingizga to`g`ri kelib qolsa, undan battar sovuq qotasiz. Bundan tashqari, badan qizib bo`shashgan holatda kasallanib qolish xavfi keskin oshadi. Chunki bu yolg`on isish organizmning tabiiy termoregulyasiyasini buzadi. Alkogolni tashqi qo`llash esa boshqa gap. Tez-tez harakatlar bilan gavdaning sovuq qotgan joylarini (bo`rtma xollar joylashgan joylarni chetlab o`tgan holda) aroq surib uqalang (spirt to`g`ri kelmaydi, u terini kuydirishi mumkin). Uqalashni qo`ldan, barmoqlardan boshlang. Xuddi shu erda tananing reanimasiya nuqtalari joylashgan. So`ng bo`yinning orqa qismiga o`ting. Shu erni uqalash tanaga yoqimli issiqlik bag`ishlaydi. Muolajadan so`ng issiq sharf yoki odealga o`ranib oling.

3. Marvarak hidlang

Bu usul faqat isishda ham yordam beribgina qolmaydi. Ingalyasiya  —  tez-tez shamollashga qarshi juda foydali vosita. Qaynayotgan shifobaxsh giyohlardan nafas oling va hammasi joyida. Bu muolaja yordamida tanaga yoqimli issiqlik tarqalibgina qolmay, sizni tabletkalar va burunga tomiziladigan tomchilardan xalos qiladi. Agar maxsus ingalyator bo`lmasa, bir siqimdan marmarak yoki moychechakni suv qaynayotgan kastryulkaga solib, biroz damlang va olovdan olib, sochiq yopinib, 5-10 daqiqa shifobaxsh bug`dan nafas oling.

4. Zanjabil yoki qalampir eng

Isinib olishning yana bir usullaridan biri issiqqina biror narsa iste`mol qilish yoki ichish. Masalan, zanjabilli choy. Bu ichimlik isituvchi ta`sir ko`rsatibgina qolmay, shamollashning ham oldini oladi. Qo`l ostingizda zanjabil yo`qmi? Unda tezda sho`rvacha tayyorlab, ko`proq qalampir soling-da, tanovvul qiling. Tezda isiganingizni sezasiz. Biroq bunday o`tkir ziravorlarning iste`molida ehtiyot bo`ling, oshqozoningiz bilan muammo bo`lsa, achchiq emaslik kerak. Bunday holatda oddiy shirin choy yordam beradi. Shakar tarkibidagi qonni to`yintiruvchi uglevodlar hisobiga isituvchi ta`sir ko`rsatadi.

5. Dushda uqalash muolajalari

Agar ostonadan hatlashingiz bilan bilan barcha mushaklaringiz sovuqdan harakatsiz qolganini sezsangiz, darhol issiq ichimlik ichish yoki biroz narsa eyishga shoshilmang. Uy havosiga moslashib, dush qabul qiling. Suv avval iliqroq, so`ng chidaganingizcha issiq bo`lsin. Dushda turib yuz, bosh, bo`yin va elkalarni uqalang - tanangiz yayrab, charchog`ingiz ham chikib ketadi. Ammo sovuq havodan keliboq issiq vannaga tushish ma`qul emas. Vannadan chiqqach biroz o`tib, tanangiz xuddi sovuq suvda qolgandek his qila boshlaysiz.

Eslatma: Sovuqdan kelib isinishning ishonchli usuli — tananing eng muhim joylarini issiq tutishdir. Bular oyoqlar, qo`llar, bel va tomoq. Uy uchun qizil, to`q sariq yoki boshqa qaynoq ranglardagi kiyimlarni tanlang. Rang albatta isitmaydi, lekin iliqlik tasavvurini beradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!