Tokioda 54 yil deganda ilk marta noyabr qori yog`di(Foto)

10:30, 24 noyabr

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida yarim asrdan ko`proq vaqt ichida birinchi marta noyabr oyida qor yog`di, deb xabar beradi “Tjournal”. Shuningdek, Yokogama, Kofu, Usunomiya, Maebasi va Mito kabi shaharlarda ham qor yog`di.

Sinoptiklarning aniqlashicha, 25 noyabrning tongiga qadar Tokioda yana ikki santimetr qor yog`ishi kutilmoqda. Bu esa shaharda transport harakatiga xalal beradi. 

Yaponiyalik fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga birinchi qor aks etgan suratlar va videolar joylashtirildi.




Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!