Garet Beyl uning “Real”dagi eng yaqin do`sti kim ekanini oshkor qildi

10:37, 24 noyabr

“Real Madrid” jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl klubdoshlari haqida o`z fikr bildirar ekan, eng yaqin do`sti kim ekanini aytdi.

“Luka Modrich klubdagi eng yaqin do`stim. Bundan tashqari Modrich mashg`ulotlarda hammadan ko`p ishlaydi. Ronaldu haqiqiy mahrat egasi. Marselo hazilkash va ajoyib raqqos. Pepe va Ramos eng qo`pol o`yichilar”, – dedi uelslik futbolchi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!