O`zbekistonda 2016 yilda 13 ming tonna shifobaxsh asal etishtirildi

10:43, 24 noyabr

Poytaxtimizda O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan mamlakatimizda asalarichilikni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan asal eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirishga bag`ishlangan davra suhbati o`tkazildi. 

Yurtimizda bugungi kunda 11 ming 940 dan ortiq asalarichilik sub`ekti ro`yxatga olingan bo`lib, asalari oilalari sonini 567 ming 100 tadan, asal ishlab chiqarish hajmini 12 ming 930 tonnadan oshirishga erishildi, deb yozadi O`zA. 

So`nggi yillarda sohani rivojlantirish uchun zarur imtiyozlar berildi. Asalarichilik bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar va fermerlarga bank kreditlari berilmoqda. Sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, investisiyalarni jalb qilish, asalarichilikka ixtisoslashgan xo`jaliklarni ko`paytirish, yangi ish o`rinlarini yaratish, ichki bozorni sifatli asal va asal mahsulotlari bilan to`ldirishga doir imkoniyatlar yaratildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!