Salkam 1 yil ko`l tubida yotgan iPhone 4 ishlab ketdi

11:29, 24 noyabr

AQShning G`arbiy Pensilvaniya shtatida yashovchi muhandis Deniel Kalgren metalqidiruvchi  moslama yorpdamida muzlab qolgan ko`p tubidan iPhone 4 apparatini topib oldi. U ko`l tubida bir necha oy yotganligi ma`lum bo`ldi, deb yozadi “Tjournal”. Ikki kundan so`ng apparat yoqildi va uning egasi ham topildi. 

Smartfonning egasi Maykl Guntrum gadjetni 2015 yil mart oyida ko`lda baliq ovlayotgan paytda tushirib yuborgan edi.  
2015 yilning sentyabr oyida ko`l sayozlashdi. 2016 yilning oktyabr oyida esa smartfon 15 santimertli balchiq tagidan topildi.

Kalgren smartfonni quritdi va ikki kundan so`ng i yoqildi hamda ishlab ketdi. 

“Telefonni uyimga olib keldim va quritdim,uning ishlab ketishi xayolimga ham kelmagan edi”,—deydi Deniel Kalgren. 

Telefonning egasi bo`lmish Guntrum  smartfonni servisga olib borib, tuzattirib onasiga sovg`a qilishni rejalashtirmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!