Trampning onlayn do`konlari archa bezaklarini 150 dollardan sotmoqda

11:45, 24 noyabr

AQShning yangi prezidenti Donald Trampga tegishli onlayn-do`konlarda archa bezaklari 150 dollardan sotilmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Bu o`yinchoqlar qizil kepka shaklida ishlangan bo`lib, kepkaga siyosatchining “Amerikani yanada buyuk mamlakatga aylantiramiz!” degan shiori yozilgan va 14 karatli oltin bilan bezatilgan.

Archa bezaklari milliarder tarafdorlarining elektron xatlarida e`lon qilingan. Ular bunday archa bezagi har qanday archani yashnatib yuborishiga ishonch bildirishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!