O`zbekiston Kubogi–2016 finali uchun chiptalar sotuvga chiqarildi

12:06, 24 noyabr

Shu yilning 30 noyabr, chorshanba kuni Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida O`zbekiston Kubogi—2016 final uchrashuvi bo`lib o`tadi. Final uchrashuvining boshlanish vaqti soat 13:00 ga belgilangan.

Qarshining “Nasaf” jamoasi allaqachon final yo`llanmasini qo`lga kiritgan. Jamoanin finaldagi raqibi “Bunyodkor”/”Lokomotiv” jamoalarining yarim final javob uchrashuvidan keyin aniqlanadi. Ushbu uchrashuv 26 noyabr, shanba kuni “Bunyodkor” stadionida  soat 14:00 da boshlanadi.

Final uchrashuvi tashkilotchilari tomonidan uchrashuvga hozirdan chiptalar tayyor qilindi. Qashqadaryolik futbol ishqibozlari uchun qulaylik yaratish maqsadida, ushbu chiptalar bugundan Qarshi shahridagi “Markaziy” stadion chiptaxonalari orqali sotuvi boshlandi. Chiptalar narxi 10 000 so`mdan qilib belgilangan.

Xabarda ta`kidlanishicha, chiptalar miqdori chegaralangan bo`lib, Qarshida 27 noyabrgacha sotiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!