Yaponiyadagi restoranlar avtomobil boshqarishdan voz kechgan keksa haydovchilarga chegirma e`lon qildi

14:46, 24 noyabr

Yaponiyaning Ayti prefekturasi polisiyasi keksa haydovchilarga haydovchilik guvohnomasi evaziga restoranldan imtiyoz asosida ovqatlanish huquqini beradi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Huquq-tartibot organlari “Sugakiya” restoranlar tarmog`i bilan avtomobil boshqarishdan voz kechgan keksa haydovchilarga 15 foiz chegirma asosida ovqatlantirish masalasida kelishib oldi. 

Keksa haydovchilar Ayti prefekturasidagi 176 ta restoranda ramen(lapsha), guruch, salatlar va boshqa bir necha turdagi taomlardan iste`mol qilishlari mumkin.

Restoranda tamaddi qilish uchun chegirma polisiya tomonidan beriladi. Buning uchun keksa haydovchilar polisiyaga murojaat qilishlari va haydovchilik guvohnomasini taqdim etishlari va buni ifodalovchi sertifikatni olishlari lozim. 

Ayti prefekturasi ma`muriyati shu yo`l bilan yuz berayotgan avtohalokatlar sonini kamaytirishga urinmoqda. 

Yaponiyaning boshqa hududlarida ham shunga o`xshash dasturlar sinovdan o`tkazilmoqda. Boshqa prefekturalarda haydovchilik guvohnomasidan voz kechgan keksa haydovchilar umumiy hammomlar va taksida yurish uchun chegirmalarni qo`lga kiritadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!