Jizzaxlik 27 yoshli kelin o`z uyidan katta miqdorda pul o`g`irlagani aniqlandi

16:18, 24 noyabr

Jizzax shahrida yashovchi fuqaroning uyidan ko`p miqdordagi pullari o`g`irlangan edi. Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari o`g`ri yotoqxonaga kirish eshigi qulfini kalit tanlash yo`li bilan ochib kirganligini aniqlashdi, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Voqea joyini ko`zdan kechirish va jabrlanuvchining qo`ni-qo`shnilari bilan olib borgan surishtiruvlar jarayonida gumonlanuvchining iziga tushishdi va tezlikda uni ushlashdi. Aniqlanishicha, ushbu o`g`irlikni jabrlanuvchining kelini 1989 yilda tug`ilgan ayol sodir etgan ekan. Ushbu holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!