Madonnaning o`g`li narkotik modda saqlagani uchun hibsga olindi

17:03, 24 noyabr

London shahri polisiyasi amerikalik qo`shiqchi Madonna va britaniyalik kinorejissyor va ssenarist Gay Richining o`g`li Rokko Jon Richini hibsga oldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.  Uning yonidan marixuana topilgan.

16 yoshli Rokko bilan bog`liq bu hodisa 28 sentyabrda yuz bergan edi. Biroq bu haqda endi ma`lumot berilmoqda. Taniqli xonandaning o`g`li ayni damda polisiya uchastkasidan ozod qilingan.  Rokko Kamden tumani yoshlar o`rtasida jinoyatchilik bilan kurashish bo`yicha bo`lim nazoratida bo`ladi. 

Rokko Londondagi uyi yaqinidagi Primrouz Xill  tumanida hibsga olingan. Uning narkotik moddalar qabul qilayotganini ko`rgan qo`shnilar polisiya chaqirgan.

Chaqiruv bo`yicha etib kelgan polisiyachilar Rokkoning kiyimidan marixuana qoldiqlarini topishdi.  Uning cho`ntaklaridan esa ma`lum miqdordagi narkotik moddalar topilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!