Stiven Jerrard 19 yillik futbolchilik faoliyatini tugatdi

17:05, 24 noyabr

“Liverpul” afsonasi, “Los-Anjeles Gelaksi” klubi va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard faoliyatini yakunlaganini ma`lum qildi. Bu haqda BBC portali xabar bermoqda.

“Menda ajoyib faoliyat bo`ldi. “Liverpul”, “Los-Anjeles Gelaksi” va Angliya terma jamoasiga rahmat aytmoqchiman. Men o`zimni baxtliman, chunki ajoyib damlarni boshdan kechirdim. “Liverpul” safida sardor bo`lib, ushbu jamoa tarkibida 700 dan ortiq o`yinda maydonga tushganimdan farxlanaman.

Faoliyatim davomida buyuk futbolchilar bilan bir qatorda to`p surdim. Men bilan birga bo`lgan muxlislardan minnatdorman. Va albatta, shuncha yillar davomida menga dalda bergan oilamga rahmat. Kelgusi faoliyatim haqida keyinroq ma`lum qilaman”, – deydi angliyalik futbolchi.

Jerrard aksariyat faoliyatini “Liverpul”da o`tkazgan. Klub miqyosida 36 yoshli sportchi “Liverpul” va “Los-Anjeles” safida to`p surib, jami 729 o`yinda maydonga tushdi va 185 ta gol hamda 115 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Angliya terma jamoasida 114 o`yinda maydonga tushgan Stiven Jerrard 21 ta gol kiritgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!