Evropa Ligasi. “Zenit” qiyinchiliksiz “Makkabi”ni mag`lubiyatga uchratib, qatorasiga 5-g`alabasini rasmiylashtirdi

09:17, 25 noyabr

Evropa Ligasi guruh bosqichi 5-turida “Zenit” jamoasi o`z maydonida “Makkabi” futbolchilarini qabul qildi.

Murosasiz kechgan o`yinda piterliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga Kokorin va Kerjakov mualliflik qildi.

Qayd etish kerakki, “Zenit” guruh bosqichida 100 foizlik natija bilan kurashni davom ettirmoqda. Jamoa avvalgi turdayoq musobaqa pley-off yo`llanmasiga ega bo`lgandi.

“Zenit” (Rossiya) – “Makkabi” Tel-Aviv (Isroil) 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 44 Kokorin, 2:0 – 90 Kerjakov.

“Zenit” – Lodigin, Novoselsev, Netu, Krishito, Jirkov (Lomberts, 75), Garsiya, Vitsel, Mak, Juliano, Jorjevich (Dzyuba, 46), Kokorin (Kerjakov, 66).

“Makkabi” Tel-Aviv – Raykovich, Dasa, Tibi, Filipenko, Ben Xarush, Medunyanin (Peres, 81), Golasa, Igebor, Ben Xaim (Exezkel, 46), Ben Basat, Skarone (Benayun, 46).

Ogohlantirishlar: Krishito (74), Vitsel (79), Peres (83), Exezkel (88), Igebor (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!