Nevrozga qarshi sarimsoq va o`rikning danagi shifo bo`ladi

09:40, 25 noyabr

Nevroz kasalligini xalq tabobati bilan davolash yo`llari haqida ma`lumot bersangiz”.

Mohichehra, Rishton

Nevroz asab tizimi kasalliklariga kiradi va kishining aqliy xamda jismoniy ish layoqatining tushishi, asabiylashish, tez charchash, o`zidan va boshqalardan ko`ngli to`lmaslik kabi alomatlar bilan namoyon bo`ladi. Kishi qattiq siqilish yoki ruhiy zarbaga duch kelganida, yuzaga keladi. Bu kasallikni davolashda, qo`shimcha tarzda uy sharoitida ham quyidagi muolajalarni amalga oshirish mumkin. 

Sarimsoq piyoz asab tolalarini tinchlantiradi. Shuning uchun nevroz kasalliklari, asabiylashish yoki boshqa ruhiy kasalliklarda sarimsoqni kunlik taomingizga qo`shing.

Sizga yarim kg. limonga 12 dona o`rik danagi kerak bo`ladi. Danakning mag`zini maydalang, limonni esa mayda qirg`ichdan po`stlog`i bilan birgalikda chiqaring. Hammasini aralashtirib, unga 200-250 gr. asal qo`shing. Bu dorini bir oy davomida uyqudan avval bir osh qoshiqdan qabul qiling.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!