«Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasida o`zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan $1,1 millionli shartnomalar imzolandi

09:52, 25 noyabr

Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida bo`lib o`tgan «Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasida 98 mamlakatdan 60 mingdan ziyod qatnashchi qishloq xo`jaligi, to`qimachilik, mebel, qurilish mahsulotlari, hunarmandlik va qo`l mehnati buyumlarini taqdim etdi. O`zbekiston tadbirkorlarining mahsulotlari barchaning e`tiborini tortdi.

Tadbirkorlarning chet mamlakatlarlarda o`tkazilayotgan yirik xalqaro yarmarkalar, biznes-forum va kooperasion birjalarda ishtirok etishi, xaridorlar topishi va shartnomalar tuzishiga ko`maklashmoqda. 

Joriy yilning o`tgan oylarida jamg`armaning moliyaviy, tashkiliy va huquqiy ko`magi orqali tadbirkorlarimiz o`nga yaqin xalqaro ko`rgazmalarda qatnashdi. Xitoyda bo`lib o`tgan xalqaro yarmarka ana shulardan biri.

Milliy kolorit bilan bezatilgan O`zbekiston paviloni o`ziga xos dizayni va keng assortimenti bilan ko`rgazma ishtirokchilarida qiziqish uyg`otdi. Tadbirkorlarimiz taklif etgan mahsulot va xizmatlarning yuqori sifati, raqobatbardoshligi xaridorlarga ma`qul bo`ldi. 

«Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasi mamlakatimiz tadbirkorlari uchun chet ellik ishbilarmonlar bilan yangi savdo-iqtisodiy hamkorlik o`rnatish, mavjud aloqalarni yanada kengaytirish, mahsulot va xizmatlar eksporti hajmini oshirishga yangi imkoniyatlar yaratdi. Yarmarka doirasida umumiy qiymati 1,1 million AQSh dollariga teng eksport shartnomalari imzolandi. Qo`shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish bo`yicha ko`plab kelishuvlarga erishildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!