Fransiyada 1 dekabr kuni hujumlar qilishga tayyorlanayotgan terrorchilar qo`lga olindi

10:17, 25 noyabr

Fransiyada Parijning “Disneylendi” va Eliseyida hujum uyushtirmoqchi bo`lgan terrorchilar qo`lga olindi, deya xabar beradi Sky News.

Ma`lumotlarga ko`ra, teraktlar 1 dekabrga rejalashtirilgan.

Gumondorlar orasida – yoshi 29 dan 38 gacha bo`lgin fransuzlar, marokashliklar va afg`onlar bor. Ularni Marsel va Strasburgda qo`lga olishdi.

Maxsus xizmat vakillari smartfonlar orqali yuborilayotgan ma`lumotlar orqali teraktni oldini olishga muvaffaq bo`lishdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hujum vaqti va joylari haqida buyruq Suriyadan berilgan.

Eslatib o`tamiz, 13 noyabr kuni Parijda bir vaqtning o`zida bir nechta terakt sodir bo`lgan bo`lib, 130 kishi halok bo`lgan va 350 nafari yaralangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!