Joze Mourino Ueyn Runidan ko`p narsa kutmoqda

10:19, 25 noyabr

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino “Feyenoord”ga qarshi (4:0) o`yindan so`ng uchrashuvdagi gollardan biriga mualliflik qilgan Ueyn Runi haqida iliq fikrlar bildirib o`tdi.

“Ueyn Runi yaxshi o`yin ko`rsatdi. U butun jamoa singari zo`r o`ynadi. Hisob 1:0 bo`lganida ko`rpoq gol urishga intildik va maqsadimizga erishdik.

Runi jamoaga Evropa Ligasida g`alaba qozonishga yordam bersa yaxshi bo`lardi. “MYu” ushbu sovrinni hech qachon yutmagan. Evropa Ligasi eng yirik turnir emasligini bilaman. Lekin uni yutish yoqimli bo`lardi”, – dedi portugaliyalik mutaxassis.

Ma`lumot uchun, 31 yoshli Ueyn Runi evrokubok bahslarida 39 ta gol kiritgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!