Nukusda stol tennisi bo`yicha O`zbekiston chempionati bo`lib o`tdi

10:29, 25 noyabr

Nukus Olimpiya zaxiralari kollejida stol tennisi bo`yicha ayollar va erkaklar o`rtasida O`zbekiston chempionati bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 110 sportchi ishtirok etgan musobaqaning erkaklar o`rtasidagi yakkalik o`yinlarida birinchi o`rinni Toshkent viloyatidan Z.Kenjaev egalladi. Ikkinchi o`rin ushbu viloyatning yana bir vakili G.Levchenkoga nasib etgan bo`lsa, uchinchi o`ringa andijonlik sportchilar E.Xoliqov va Q.Teshaboev sazovor bo`ldi. 

Erkaklar o`rtasidagi juftlik bahslarida Andijon viloyatidan E.Xoliqov va Q.Teshaboev birinchi o`rinni egallab, g`oliblik shohsupasiga ko`tarildi. 

Ayollar o`rtasidagi yakkalik bahslarda Toshkent shahridan R.Gufranova birinchi o`ringa munosib, deb topildi. Ikkinchi o`rinni Toshkent viloyatidan O.Kim egallagan bo`lsa, uchinchi o`rinni yana ushbu viloyat vakillari K.Xoliqova va R.Kim baham ko`rdi. 

Ayollar o`rtasidagi juftlik bahslarida Toshkent viloyatidan R.Kim va O.Kim juftligi barcha raqiblari ustidan ishonchli g`alabani qo`lga kiritib, birinchi o`rinni egalladi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!