Narimon Umarovning ishonchli vakili saylovchilar bilan uchrashdi

10:31, 25 noyabr

O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarovning ishonchli vakillari joylarda saylovchilar bilan uchrashmoqda.

Nukus tumani hokimligida o`tkazilgan uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakili R.O`terboev saylovchilarni Narimon Umarovning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Qayd etilganidek, dasturda "Ijtimoiy tenglik – teng huquq va teng mas`uliyat demakdir" tamoyiliga tayangan holda fuqarolarning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy tengligi, har bir fuqaro qobiliyati va malakasidan kelib chiqib mehnat qilishi kafolatlanadigan, mehnatining miqdori va sifatiga yarasha munosib ish haqi va hayot darajasiga erishish uchun keng va teng imkoniyatlar yaratilgan ijtimoiy davlat qurish g`oyasi ilgari surilgan.

Prezidentlikka nomzod ish beruvchi va xodim o`rtasidagi munosabatlarda xodimning haq-huquqlarini to`laqonli ta`minlash, u bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagani, xodim mehnatiga haq to`lash, ijtimoiy sug`urta qilish, pensiya ta`minoti talablariga rioya qilmagani uchun ish beruvchi mas`uliyati oshirilishi tarafdori ekanini bildirdi.

Nomzodning ishonchli vakili bilan bo`lgan uchrashuvda tumandagi 12-umumta`lim maktabi o`qituvchisi B.Sag`indiqov, 1-ixtisoslashgan davlat maktabi o`qituvchisi L.Eluboeva Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi va unda ilgari surilgan vazifalar xususida fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016 yil 4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!