Ona muhabbatining qudrati

10:54, 25 noyabr

Bu voqega ancha bo`lgan, bola onasiga o`qituvchisining xatini olib keladi, onasi xatni ochib, uni ovoz chiqarib o`qiydi: “O`g`lingiz bizning maktabda o`qiy olmaydi...” 

“O`g`lingiz bizning maktabda o`qiy olmaydi, chunki u daho. Bizda unga dars bera oladigan darajadagi o`qituvchilar yo`q. Uni o`zingiz mustaqil ravishda o`qiting”, deb yozilibdi, dedi ona o`g`liga.

Oradan yillar o`tdi, bola ulg`aydi. Bir kuni uydagi eski xatlarni titkilab o`tirib, sarg`ayib ketgan bir maktubga ko`zi tushdi va qiziqib o`qidi. Unda “O`g`lingiz bizning maktabda o`qiy olmaydi, chunki uning aqli zaif, shuning uchun uni uyda o`zingiz o`qitganingiz ma`qul”, deb yozilgan edi.

Buni o`qigan erkak ko`z yoshlarini to`xtata olmadi va kundaligiga quyidagi jumlalarni yozib qo`ydi: “Men o`z asrining buyuk tadqiqotchisi, deb tan olingan Tomas Edisonman. Aslida yoshligimda aqli zaif bola bo`lganman, onamning mehr-u, muhabbati bilangina dahoga aylandim!” 

Manba: “Nonbox.ru” nashri

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!