Isroil teraktlar oqibatida o`t ichida qolmoqda (VIDEO)

10:56, 25 noyabr

Isroilning Xayfasida yuz bergan so`nggi o`n yillikning kuchli o`rmon yong`inlari mahalliy turar-joylarga, jamoat binolari, infratuzilma, xususiy va jamoat transportiga kuchli zarar etkazdi. 

Tutundan zaharlangan yuzdan ortiq odam tibbiy xizmatga murojaat qildi.

Olov payshanba kuni Xayfa ko`chalarida alanga oldi, deb yozadi RIA Novosti. Hukumat vakillari o`t ichida qolayotgan hududlarda yashovchi 60 ming kishini evakuasiya qildi – bu qariyb shaharning beshdan bir qismi. Bu 2006 yilda yuz bergan Ikkinchi Livan urushi vaqtidan beri eng katta evakuasiya sanaladi.

Isroil polisiyasining rasmiy vakili Mixael Zingermanning aytishicha, yong`inni bartaraf qilishda asosiy rolni aviasiya bajarmoqda. «Polisiya boshqaruvida ishlayotgan yong`inga qarshi aviasiya ishlamoqda, ko`plab vertolyot va samolyotlar safarbar qilingan», - deydi Zingerman.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Ichki xavsizlik va ichki ishlar vazirlari bilan qilgan qo`shma matbuot anjumanda Xayfada yuzaga kelgan yong`in teraktligini ma`lum qildi.

Avvalroq polisiyachilar Xayfada yong`in sodir etganlikda gumonlanuvchi ikki nafar shaxsni qo`lga oldi. Ular arablar bo`lib, keyinroq ulardan biri qo`yib yuborildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!