Lola konsertida ilk bor kuylagan “Otmagay tong”qo`shig`ining yaratilish tarixini so`zlab berdi

11:42, 25 noyabr

Xonanda Lola 21-22-23 noyabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida o`zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Kosert dasturida asosan aksariyat muxlislarning sevimli qo`shiqlariga aylangan “Senga”, “Endi yo`q”, “Xayr”, “Xabar ol”, “Yig`lar osmon”, “Qaytmaydi”, “Sog`indim”, “Bilmaysan” kabi xit taronalar hamda “Bilmaysan” va “Otmagay tong” kabi yangi qo`shiqlar ijro etildi. 

O`zbek qo`shiqchilik san`atining klassik namunasi hisoblanuvchi “Otmagay tong” taronasi Lola ijrosida o`zgacha jarang sochdi. Konsertning birinchi kuni Lola bu qo`shiq mazmuniga uncha mos bo`lmagan libosda ya`ni kalta, qora ko`ylakda sahnada ko`rinish bergan bo`lsa, keyingi kunlari “Otmagay tong”ni ijro etayotganda milliy matodan tikilgan chopon kiyib oldi. Milliy matodan tikilgan chopon esa milliy qo`shiqni yanada boyitdi. Xonanda o`zining Instagram`dagi sahifasida “Otmagay tong”ning yaratilish tarixi haqida so`zlab berdi. 

“Men bu manzarani tushimda ko`rgandim. O`ymakor darvoza va yorug`lik. G`ira-shira ko`ringan sharpa... Men bir necha yil mobaynida mazkur ilohiy qo`shiqni kuylash haqida orzu qilardim. Va bu o`z vaqti kelganida yuz berdi. Men uchun bu shouning kulminasiyasidan ham ko`proq ahamiyatga ega. Bu ushalgan orzu...”,—deb yozadi xonanda o`zining Instagram`dagi sahifasida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!