Beyonse 4 yoshli qizini 19 ming dollarlik maktabga berdi

11:44, 25 noyabr

Beyonse va Jey Zi qizi uchun oliy toifadagi maktab tanlashdi. Mazkur o`quv muassasaga yiliga $19 ming to`lanadi. To`rt yoshli Blu Ayvi nufuzli maktabga borishi uchun ular oilaviy Nyu-Yorkdan Los-Anjelesga ko`chib o`tishdi.

Mazkur maktabni ularga Gvinet Peltrou tavsiya qildi. Insayderlarning ma`lumotlariga ko`ra, Gvinet Los-Anjelesda bolalarning hayoti yuqori darajada ekanligini aytgan, shu sababdan ham Beyonse va Jey Zi u erga ko`chib o`tishga qaror qilishgan.

Yangi o`quv muassasada bolalar uchun alohida dastur ishlab chiqilgan. U erda har bir bolaga individual yondoshiladi. Umuman olganda, Beyonse va uning turmush o`rtog`i qizlari uchun hech narsani ayashmaydi. Ikki yil oldin ular qizlari uchun $ 85 minglik Barbi sovg`a qilishgan. Qo`g`irchoqning oq tilla, olmoslar va  160 ta qimmatbaho tosh bilan bezatilganligi uning bahosini belgilaydi. To`rt yoshli qizchani stilyaga deb atashadi: Blu Ayvi doim qimmatbaho va yorqin liboslar kiyadi. Yaqinda u barcha rekordlarni zabt etdi: qizaloq Mischka Aoki’ning qiymati $10 ming bo`lgan libosini kiydi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!