Buxorolik o`smirlar futbol bo`yicha O`zbekiston chempionligini qo`lga kiritdi

12:03, 25 noyabr

Buxoroda 2000 yilda tug`ilgan o`smirlar o`rtasida futbol bo`yicha mamlakat birinchiligi o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. 

O`zbekiston futbol federasiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Farg`ona viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasi jamoalari g`oliblik uchun o`zaro kuch sinashdi.

Olti kun davom etgan bahslar yakuniga ko`ra, musobaqa finalida Buxoro va Andijon viloyatlari terma jamoalari maydonga tushdi. Uchrashuvda 1:0 hisobida g`alaba qozongan mezbonlar oltin medalga sazovor bo`ldi.

G`olib va sovrindorlar medal, esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!