Lionel Messi: “Barselona”ning o`yini menga bog`liqmi? Bunday savol menga yoqmaydi

12:20, 25 noyabr

Ispaniyaning “Barselona” klubi etakchisi Lionel Messi kataloniyaliklarning o`yini unga bog`liqligi haqidagi savolga o`z munosabatini bildirdi.

“Barselona”ning o`yini menga bog`liqmi? Bu savol menga yoqmaydi va xushomat qilmaydi. Men dunyodagi eng yaxshi klubda to`p suraman va jamoa bitta futbolchiga bog`liq emas. Bu haqda o`ylamayman”, – dedi argentinalik futbolchi.

Bir muddat avval “Barselona” a`zosi Rafinya Alkantara ham jamoaning o`yini Messiga bog`liq emasligini aytgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!