Er noki qandli diabetga davomi?

12:27, 25 noyabr

Er noki ich qotishida, o`t pufagida tosh yig`ilishi, ateroskleroz, ortiqcha vazn, allergik kasalliklar, qandli diabet kasalliklarini davolashda yordam beradi. Shuningdek, erkaklarning quvvatini ham oshiradi. Bu o`simlik, ayniqsa qandli diabet bilan og`rigan bemorlar uchun foydali. U qondagi shakar miqdorini tabiiy ravishda tushiradi. Tarkibidagi fruktoza xech kanday insulinning yordamisiz organizm to`qimalariga singadi. Fruktoza esa glyukozaning o`rnini bosuvchi tabiiy insulin sanaladi. Uning tarkibidagi S vitamini allergiya va shamollashga qarshi, tomirlarni mustahkamlovchi va og`riq  qoldiruvchi ta`sirga ega.

Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga kuniga bir necha marta er noki sharbatini 1:1 suv bilan aralashtirib ichish tavsiya etiladi. Yoki har kuni bir nechta er nokini pishgan yoki xom holatda iste`mol kilgan maksadga muvofik. Kasallikka chalinishning oldini olish uchun 3-4 osh qoshiq o`simlikdan olib, bir litr qaynagan suvda 3 soat damlang va kun davomida bu damlamadan ichib yuring.

Mumkin emas: Ba`zi hollarda er nokini xom holatda iste`mol qilish, qorinda havo yig`ilishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda er nokini pishirib eyish tavsiya qilinadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!