100 ta plastik operasiya qildirgan shvesiyalik ayol tashqi ko`rinishidan qoniqmayapti

12:34, 25 noyabr

AQShning Shimoliy Karolina shtatida yashovchi asli shvesiyalik bo`lgan Piksi Foks(Pixee Fox) tashqi ko`rinishini o`zgartirish uchun yuzlab plastik operasiyalarni boshdan kechirdi. Biroq Piksining shunda ham tashqi ko`rinishidan ko`ngli to`lmayapti va plastik jarrohlik amaliyotini davom ettirishini ma`lum qildi.  

Shvesiyalik ayol oltita qovurg`asini oldirib tashladi va ko`kragini kattalashtirdi. Shuningdek, ayolning ayrim organlaridan yog`ni olib tashlash orqali ularning shakli o`zgartirilgan. 

Geteborg shahrida joylashgan Klinik34 plastik klinikasining jarrohi Frederik Berne (Fredrik Berne) ayolning bo`ksa va qornidan yog`ni siqib chiqardi. So`ng olingan biomaterialni uning labi va boshqa organlarini kattalashtirishga sarfladi. 

Bu amaliyot Foks orzu qilgan qumsoatga o`xshash figura hosil qilish uchun o`tkazildi. Shifokorning fikriga ko`ra, mijozning lablari juda kattalashgan, biroq Foksning bundan ko`ngli to`lmayapti. U lablarining yanada kattaroq bo`lishini istayapti.

“Keyingi yil men yana 10 ta jarrohlik amaliyotini qildirmoqchiman. Shuningdek eng ingichka bel sohibasi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga tushish uchun korset kiyishni ham boshlayman”,—deydi 26 yoshli Piksi.

Shvesiyaning uncha katta bo`lmagan Evle shahrida yashovchi Foksning ota-onasi qizlarining tashqi ko`rinishi shu darajada o`zgarib ketganiga ishonolmayapti.  Ular Foksdan qattiq ranjigan. Uni faqatgina opasi qo`llab-quvvatlayapti.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!