Markaziy saylov komissiyasida Yaponiyaning O`zbekistondagi elchixonasining ikkinchi kotibi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

12:39, 25 noyabr

25 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchixonasining ikkinchi kotibi Yamagiva Kadzuyoshi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Markaziy saylov komissiyasi kotibi S.Qurbonqulov mehmonni Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan joriy yil 4 dekabrda bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha asosiy tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini yanada takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga kiritilgan so`nggi o`zgartish va qo`shimchalar bilan tanishtirdi.

Muloqot chog`ida saylov kampaniyasi ochiqligi va oshkoraligini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga asosan saylovni kuzatishda 5 ta xalqaro tashkilot missiyalari va 40 dan ziyod xorijiy davlat, shu jumladan, Yaponiyadan kuzatuvchilar ishtirok etishi ta`kidlandi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham o`zaro fikr almashildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!