Shahzoda Matchonovaning kelinlik libosidagi surati e`lon qilindi(Foto)

14:42, 25 noyabr

Aktrisa Shahzoda Matchonova bugun, 25 noyabr kuni turmushga chiqmoqda. 

Shahzoda va uning turmush o`rtog`i Omarning nikoh kechasi poytaxtdagi “Yakkasaroy” restoranida bo`lib o`tadi. Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisaning to`y libosida tushgan surati e`lon qilindi. 

Unda Shahzoda qaymoqrangdagi kelinlik libosida va boshiga ko`ylakka mos tushuvchi shlyapa kiyib turganini ko`rish mumkin. 

Avvalroq aktrisa Shahzoda Matchonova jurnalist Baxtiyor To`raxonov bilan suhbatda to`yi uchun hashamdor va jimjimali ko`ylakni tanlaganini ma`lum qilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!