Yaqin kunlarda bizni kutayotgan ob-havo: eng sovuq tun va uzoq kutilgan iliqlik

15:01, 25 noyabr

O`zbekistonda bir nechta harorat rekordini ortda qoldirgan anomal sovuq haroratli hafta yakuniga etmoqda.

22 noyabr kuni absolyut minimum harorat Buxoroda qayd etildi, bu erda harorat minus 13,3˚S sovuqni tashkil qildi. Avvalroq bunday rekord 1931 yilda o`rnatilgan edi – 11,6 ˚S. Shuningdek eng sovuq kun 22 noyabr kuni Navoiyda ham qayd etildi (13,0˚S sovuq), Urganchda rekord takrorlandi (18,1˚S sovuq).

O`zgidrometdan xabar berishlaricha, O`zbekistonda noyabr oyining so`nggi dekadasi uchun bunday sovuq xos emas. Ammo meteokuzatuvlarning tarixida bundan ham sovuq rekordlar qayd etilgan. Bunday havo anomaliyasi 1910 va 1954 yillarda kuzatilgan, o`shanda termometr ko`rsatkichi minus 22 darajaga tushirgan.

Yangi hafta boshidan sovuq harorat chekina boshlaydi, havo isiydi. Yangi hafta o`rtasida tungi sovuqlar -2 -5 ˚S chekinadi, kunduzi esa +5 +10 ˚S gacha kuzatiladi. Dekabrning dastlabki kunlarida iliq harorat hukmronlik qiladi. Yog`ingarchiliklar kutilmaydi.

Biroq aytish joizki, iliq havo kelishidan oldin bizni yana bir sinov kutmoqda. Shanbadan yakshanbaga o`tar kechasi sovuq kuchayadi va bizni barcha davrlarning eng sovuq tuni kutadi. Xususan, Toshkentda termometr ustuni 10-12 ˚S pasayadi, 19 noyabr kuni ushbu ko`rsatkich 8 ˚S sovuqdan tushmagan. Yakshanba esa kun isiydi  +2 ˚S gacha.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!