«Kelinchak» salati - mazasiga baho bering!

16:07, 25 noyabr

Zarur masalliqlar (8 kishilik): 500 gr. marinadlangan qo`ziqorin, 400 gr. qisqichbaqa tayoqchalari, 4 donadan qaynatilgan tuxum va bodring, 1 bog` kashnich, bitta kichik piyoz, mayonez, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Tuxum va qisqichbaqa tayoqchasini somoncha shaklida, qolgan masalliqlarni to`rtburchak qilib to`g`rang. Kashnich barglarini maydalang.

2. Barcha masalliqlarni ustma-ust solib, mayonez va tuz bilan aralashtiring. So`ng likopchaga joylab, 15 daqiqa muzlatgichga qo`ying.

Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!