Ispaniyalik milliarder hamqishloqlariga 210 million dollar meros qoldirdi

16:15, 25 noyabr

Corona brendi asoschisi, ispaniyalik milliarder Antonino Fernandes o`zi tug`ilib o`sgan Seresales del Kondado qishlog`ida yashovchi har bir insonga 2,6 million dollardan meros qoldirdi, deb xabar beradi “Vesti”. 

Bu kichik qishloqda 80 nafar inson yashaydi. Fernandes hammasi bo`lib 210 million dollarni hamqishloqlariga meros qoldirdi. 

Ispaniyaning taniqli biznesmeni 2016 yilning avgust oyida 99 yoshida vafot etdi.

Qishloq aholisi marhum milliarderga minnatdorchilik bildirmoqda. Ularning so`zlariga ko`ra, qishloqda ishsizlar ko`p.

“Antonino bo`lmaganida nima qilardik? Ehtimol ko`chada yurib, sadaqa so`rarmidik”, — deydi qishloqda yashaydiganlardan biri. 

Fernandesning oilasida 13 nafar farzand bo`lgan. Oila a`zolari shu qadar nochor hayot kechirardiki, bo`lg`usi milliarder maktabni tashlab, ishlashga majbur bo`lgan. 

1949 yilda 32 yoshli ispaniyalik Meksikaga bordi va pivo ishlab chiqaradigan Grupo Modelo kompaniyasiga ishga kirdi.  1971 yilga kelib, u firmaning bosh direktori bo`lib tayinlandi va Corona brendini mamlakatdagi eng ommabop brendga aylantirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!