Juftingizni rom etadigan va e`tiborini susaytirmaydigan 7 odat

16:55, 25 noyabr

«Oqila rafiqam, sen shunday qilgilki, men sening go`shangdan lazzatliroq va yaxshiroq joyni topa olmay».

  1. Kiyinishingizga alohida e`tibor bering. Chunki erkak kishi ko`zi bilan sevadi. Lekin me`yorni unutmang. «Erkak kishi ko`z bilan sevar ekan», deb uyda ich kiyimda yurishni odat qilmang. Aks xolda juftingizda hissiy to`yinish holati yuzaga kelishiga o`zingiz yo`l qo`ygan bo`lasiz.
  2. Erkak kishi sizning «doimiy katta farzandingiz» ekanini unutmang. Ko`pincha yosh oilalarda ayol ona bo`lgach, tug`ilgan farzandidan ortmaydi, o`ziga qaramaydi. Natijada erkak o`zini e`tibordan chetda his eta boshlaydi. Buning oqibatida hatto sevishib oila qurgan bo`lsa-da, savol muallifi keltirgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
  3. Jinsiy hayotda hislarni ifodalashga saxiy bo`ling, eringizga maqtov va minnatdorchilik so`zlarini bildirishda ziqnalik qilmang. Buning uchun nazokatli bo`ling.
  4. Juftingizning sevimli mashg`uloti va ishi bo`lishini ma`qullang. Ortiqcha ravishda hamma narsaga aralashavermang.
  5. Tanqid qilmang, yolg`ondan bo`lsa ham olib kelgan narsasi yoki qilgan ishini maqtab turing (agar xaridi yoki ishi o`zingizga ma`qul kelmagan bo`lsa).
  6. Ishdan yoki ko`chadan kelishini ochiq yuz va samimiy boqish bilan kutib oling, zaharxandalik qilmang. Sabrli va lutf-karamli, e`tiborli ekaningizni bildirib turing.
  7. Agar eringizga e`tiborni susaytirsangiz, g`amxo`rlik qilmasangiz, yanada ko`proq muammolarga duch kelasiz. Unutmangki, erkak kishi uyidan topmagan narsasi yoki munosabatni boshqa joyda ko`rib qolsa, o`sha erga intiladi. Axir buyuk Suqrot ham o`z davrida ayoliga qarata shunday degan ekan: «Oqila rafiqam, sen shunday qilgilki, men sening go`shangdan lazzatliroq va yaxshiroq joyni topa olmay».

Xullas, sabrli va iltifotli bo`ling. Qars ikki qo`ldan chiqishini unutmang. Ota-onangizning uyiga qaytib borishni xayolingiz ko`chasiga ham keltirmang. Unutmang, ikkita bolasi bilan qaytib kelgan ayol mahallada ham ota-onasining boshini xam etadi, ham o`zi yolg`iz ayol maqomiga ega bo`ladi. Bu esa farzandlari ruhiyatida sodir bo`ladigan turli kechinmalar esa o`nglab bo`lmaydigan chuqur o`zgarishlar va iztiroblarga olib keladi...

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!