Messi Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

10:04, 26 noyabr

“Barselona” futbolchisi Lionel Messi Evropa Chempionlar ligasi 5-tur yakuniga ko`ra haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Evropa futbol ittifoqi ( UEFA) matbuot xizmati ma`lum qildi. 

UEFA tomonidan o`tkazigan so`rovnomada ishtirok etgan respondentlarning 46 foizi Messi nomzodini qo`llab-quvvatladi. Argentinalik futbolchi “Seltik”ka qarshi (2:0) o`yinda dubl qayd etgandi.

Ikkinchi o`ringa “Borussiya D” a`zosi Marko Roys loyiq deb topildi. Unga 43 foiz ovoz berishgan. Germaniyalik futbolchi uzoq muddatli tiklanishdan so`ng “Legiya”ga qarshi (8:4) o`yinda xet-trik qayd etgandi.

Uchinchi o`rinni 3 foiz bilan “Real” himoyachisi Rafael Varan egalladi. U “Sporting” bilan o`yinda gol kiritib, jamoasining qiyin g`alabasiga hissa qo`shgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!