Farzandingiz ko`zini asrang!

10:56, 26 noyabr

1.    Bola o`ynayotgan hona doimo yorug` bo`lsin. Agar bola kech tushganda boshqotirmalar echsa, rasmlar tomosha qilsa, albatta, stol ustiga tungi yoritgichlarni yoqib qo`ying. Lampochkadan taralayotgan nur to`g`ridan -to`g`ri bola ko`ziga tushmasin.

2.    Yodda tuting: kompyuter va televizor bola ko`zi uchun jiddiy havf tug`diradi. 4-5 yoshli bolalar televizor qarshisida bir kunda 20 daqiqa o`tirib multfilm ko`rsalar kifoya.

3.    Bolani o`qitishga o`rgatayotganda, kitobni burnining tagida ushlamaslikka ahamiyat bering. Kitob va ko`z orasidagi optimal masofa 30 santimetr.

4.    Balki norasmiy sharoitda, gilamchaga yoki divan ustida cho`zilib, harflarni eslab qolish va ulardan bo`g`inlar tuzish osonroqdir, ammo ko`zlar bunday sharoitda juda toliqadi, ko`z to`qimalari zaifalashib, g`ilaylik paydo bo`lishi mumkin.

5.    Bolangiz bilan ko`proq toza havoda sayr qiling, harakatga tushiruvchi o`yinlar o`ynang. Bu nafaqat bolaning umumiy rivojlanishiga, balki ko`zlariga ham foydali.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!