Sankt-Peterburg qonunchilik majlisi raisi o`rinbosari Pavel Soltanning qizi o`z joniga qasd qildi

11:03, 26 noyabr

Sankt-Peterburg qonunchilik majlisi raisi o`rinbosari Pavel Soltanning 22 yoshli qizi tug`ilgan kunida o`z joniga qasd qildi, deb xabar berdi “Sosmo.ru”  nashri. 

Voqea 24 noyabrdan 25 noyabrga o`tar kechasi Sankt-Peterburg shahrining Butlerov ko`chasida joylashgan uyda ro`y berdi, Nastya o`zini ko`p qavatli uy derazasidan pastga tashlagan.  Qiz oila boshiga tushgan falokatni ko`tara olmagan. Avgust oyida u ota-onasi bilan avtohalokatga yo`liqqan. Ota-onasi voqea joyida halok bo`lgan, Nastya esa jiddiy tan jarohati olganiga qaramay, omon qolgan. U kasalxonada yotgan vaqtida, turmush qurganiga endigina ikki oy bo`lgan eri uni tashlab ketib,ajrashishga ariza bergan.

U bu haqda Nastya o`zining Feysbuk sahifasida shunday deb yozgandi:

“Men endigina 21 yoshga kirdim. Shu kungacha bir inson orzu qiladigan hamma narsam – ota-onam, sevimli turmush o`rtog`im bor edi. Hammasidan bir kunda ayrildim... Hozir kasalxonada o`lim bilan olishib yotibman. Bundan buyon qanday yashashimni tasavvur qilolmayapman... Ammo qiyin bo`lsa-da, yuragim ayriliq azobidan pora-pora bo`lib ketsa-da, yashashga kuch topishim lozim. Axir otam bolaligida bir oyoq, bir qo`lini yo`qotganiga qaramay, o`zi ko`makka muhtoj bo`lsa-da, kelajakda boshqalarga yordam berdi. Onam esa 25 yillik turmushi davomida otamga sodiq bo`lib, uni qo`llab-quvvatladi. Men ularning ishini davom ettirishim kerak. Odamlarga mehr-muhabbat ulashing va hayotning qadriga eting...”






Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!