Toshkentda “Bolalik dunyosi – 2016” V xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tdi

11:11, 26 noyabr

“O`zekspomarkaz” majmui hamda “Expo Pozition” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan ko`rgazmada mahalliy korxonalar qatorida Germaniya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya kabi davlatlarning 45 dan ziyod kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

"Bolalik dunyosi" ko`rgazmasida kichkintoylar uchun turli o`yinchoqlar, gigienik va kosmetik vositalar, vitamin hamda dori-darmonlar, oziq-ovqatlar, kiyimlar, aksessuarlar, shuningdek, bolalar bayramlari uchun ishlab chiqilgan maxsus buyumlar namoyish etildi. 

Ko`rgazmada bolalar o`yinchoqlari do`konlari, ishlab chiqarish korxonalari, bolalar uchun mo`ljallangan jurnal va gazetalar ham taqdimotlar o`tkazdi. 

Ko`rgazma ishtirokchilari ko`lami ushbu tadbirning naqadar muhim ekanidan dalolat berdi. Yuzlab ishtirokchilar bolalarning bejirim liboslari, maktab anjomlari va boshqa mahsulotlari savdosida ishtirok etdi, etakchi mutaxassislardan maslahat olish imkoniga ega bo`ldi. Bolajonlar esa ular uchun tashkil etilgan mahorat saboqlari va qiziqarli ko`ngilochar dasturlarda qatnashdi. 
Xalqaro ko`rgazma doirasida bolalar uchun turli anjumanlar, modalar namoyishi uyushtirilib, kitoblar, ta`lim muassasalari, davriy nashrlar haqida ham batafsil ma`lumot berildi. 

«Bolalik dunyosi – 2016» bolalar va o`smirlar uchun tovar va xizmatlar xalqaro ixtisoslashtirilgan ko`rgazmasi aholi, ayniqsa, bolalar va o`smirlarni sog`lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishga keng jalb etish, barkamol avlodni tarbiyalashga doir ilg`or ishlanmalar bilan tanishtirishga xizmat qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!